A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Siz doimo e’zozdasiz

 

Poytaxtimizdagi «Jar» sport-sog'lomlashtirish majmuasida tashkil etilgan tadbirda urush va mehnat fronti faxriylariga Prezidentimiz nomidan "Ikkinchi jahon urushidagi G'alabaning 70-yilligi" esdalik yubiley medali tantanali topshirildi.

 

O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, general-leytenant A.Ahmadboyev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida inson xotirasini e'zozlash, yoshi ulug' kishilar, xususan, bugungi tinch-osoyishta hayotimiz uchun kurashgan urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy himoya qilishga alohida e'tibor qaratilayotganini ta'kidladi. Yosh avlodni Vatanga muhabbat, istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda faxriylarimizning boy hayotiy tajribasi va o'gitlari katta maktab bo'layotir.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 19-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasi fuqarolari – 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini "Ikkinchi jahon urushidagi G'alabaning 70-yilligi" esdalik yubiley medali bilan mukofotlash to'g'risida"gi hamda 6-martdagi "1941-1945-yillardagi urush qatnashchilarini rag'batlantirish to'g'risida"gi farmonlari keksa avlod vakillariga cheksiz mehr va ehtirom ko'rsatishda dasturilamal bo'lmoqda.

– Urush yillarining qiyinchiliklarini eslaganimda tinch-osoyishta, farovon o'tayotgan har bir kunimizga shukronalar aytaman, – deydi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi R.To'xtayev. – Ilohim, bizni qadrlagan insonlarning o'zlari ham elimiz ardog'ida bo'lsin, yurtimizdagi tinchlik-xotirjamlikka ko'z tegmasin.

– Xalqimizning bugungi farovon hayoti mamlakatimizdagi tinchlik-osoyishtalik tufaylidir, – deydi mehnat fronti faxriysi, iste'fodagi general-mayor G'.Rahimov. – Buning qadriga yetish, asrab-avaylash yoshu keksa – barchaning eng muhim vazifasidir. Biz, keksalarga ko'rsatilayotgan g'amxo'rlik, farzandlarimiz kelajagi yo'lida qilinayotgan olijanob ishlar uchun Yurtboshimizdan minnatdormiz.

Tadbirda urush va mehnat fronti faxriylariga bayram sovg'alari topshirildi, san'atkorlar va ijrochi yoshlar ishtirokida konsert namoyish etildi.


Manba: O'zA

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...