A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Islohotlarning huquqiy mexanizmlarini chuqurlashtirish yo‘lida

 

17-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi.

 

Deputatlar mamlakatimizda jamiyat hayotining turli sohalarida olib borilayotgan islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini ko'rib chiqdilar. Avvalroq siyosiy partiyalar fraksiyalari va O'zbekiston Ekologik harakatidan saylangan deputatlar guruhining yig'ilishlari o'tkazilib, ularda quyi palata majlisi kun tartibiga kiritilgan masalalar dastlabki tarzda ko'rib chiqildi. Qonun loyihalarini har tomonlama muhokama qilish yakunlariga ko'ra, ularni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Deputatlar o'z ishlarini «Ommaviy axborot vositalari to'g'risida»gi, «Mikrokredit tashkilotlari to'g'risida»gi, «Muvofiqlikni baholash to'g'risida»gi, «Raqobat to'g'risida»gi qonunlarga o'zgartishlar kiritishni ko'zda tutuvchi qonun loyihasini ikkinchi o'qishda har tomonlama muhokama qilishdan boshladilar. Mazkur hujjat ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yanada takomillashtirish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish chog'idagi to'siqlarni bartaraf etishga qaratilgan.

Shundan so'ng deputatlar muhokamasiga yangi tahrirdagi «Veterinariya to'g'risida»gi qonun loyihasi birinchi o'qishda kiritildi. Vazirlar Mahkamasi tomonidan qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi kelgusida veterinariya xizmatining rivojlanishiga, mamlakatda veterinariya osoyishtaligini ta'minlash, aholi va hayvonlarni kasalliklardan himoya qilish, atrof-muhit muhofazasida veterinariya-sanitariya masalalarini hal qilish deputatlar tomonidan alohida ta'kidlandi.

Kun tartibidagi masalalarni muhokama etish chog'ida siyosiy partiyalar fraksiyalari va O'zbekiston Ekologik harakatidan saylangan deputatlar guruhining vakillari so'zga chiqdilar.

– Ushbu hujjat fraksiyamiz a'zolari tomonidan keng muhokama etildi va biz uni birinchi o'qishda qabul qilish taklifini qo'llab-quvvatlaymiz. Mas'ul qo'mitaga partiyamiz saylovoldi dasturidan kelib chiqqan holda qonun loyihasida xususiy sektorning rolini kuchaytirish bilan bog'lik normalarni yanada takomillashtirishga e'tibor qaratish yuzasidan tavsiyalarimizni berdik, – deydi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi a'zosi Sh.Sharafutdinov. – Mazkur hujjat tadbirkorlik, fermer va dehqon xo'jaliklarini rivojlantirishni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, qishloqda real mulkdorlar sinfini shakllantirish asosida qishloq xo'jaligini yanada diversifikatsiya qilish va rivojlantirish yo'nalishida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, xususiy veterinariya xizmatlarini yanada kengaytirish va ularning huquqlarini aniqlashtirishga oid normalarning aks ettirilishi partiyaning maqsad-vazifalariga ham mosdir.

– Bizning fraksiya vakillari oziq-ovqat xavfsizligini yanada kuchaytirish, xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko'paytirishga qaratilgan vazifalarni qonuniy mustahkamlash lozimligini alohida ta'kidladilar, – deydi O'zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi a'zsi Sh.Rahimov. – Qonun loyihasida fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolarning veterinariyaga oid vazifalarni hal etishdagi ishtirokiga oid normaning kiritilishi esa saylovoldi dasturimizga mos keladi.

– Fraksiyamiz tomonidan ushbu qonun loyihasiga mas'ul etib belgilangan Agrar va suv xo'jaligi masalalari qo'mitasiga uning ayrim normalarini qayta ko'rib chiqish yuzasidan bir qator takliflar berdik. Ular partiyamiz saylovoldi dasturi, qolaversa, saylovchilarimizning manfaatlaridan kelib chiqadigan vazifalar bilan bog'liq bo'lib, loyihada ularni aks ettirish e'tiborimiz markazida bo'ladi, – deydi O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi vakili A.Tumishova. – Shuni alohida ta'kidlash joizki, ichki bozorni o'zimizda ishlab chiqariladigan sifatli, xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan yetarlicha ta'minlash masalasi O'zbekiston XDPning saylovoldi dasturida belgilangan ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

– O'zbekiston Respublikasi hududiga boshqa davlatlardan kirib kelayotgan hayvonlar orqali tarqalayotgan yuqumli kasalliklar hamda undan himoyalanish borasida barqaror va qat'iy to'siq talab qilinishi, qaysiki hayvonotga mansub mahsulotlar xavfsizligi, epizootik barqarorlik va veterinariya-sanitariya qoidalari hamda me'yorlarini ishlab chiqish zarurligi fraksiyamiz a'zolari tomonidan alohida ta'kidlandi, – deydi O'zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi a'zosi R.Matqurbonov. – Shuningdek, qonun loyihasi profilaktika, diagnostika va davolash tadbirlari, veterinariya sohasida laboratoriya sinovlari, veterinariya dori vositalari va ozuqa qo'shimchalarining muomalada bo'lishiga oid talablar, davlat veterinariya nazorati ostidagi tovarlarni ishlab chiqarishga doir qoidalar kabi yangi moddalar bilan boyitilayotgani elektoratimiz manfaatlari bilan uyg'undir.

– Biz yangi qonun loyihasida asosiy e'tiborni atrof-muhit va hayvonot dunyosi muhofazasida veterinariya-sanitariya masalalarini hal qilish, yuqumli kasalliklardan nobud bo'lgan hayvonlar, biologik chiqindilarni yo'q qilish va zararsizlantirish hamda ular ko'milgan joylar ustidan nazorat olib borish qoidalarini qat'iy belgilab qo'yish masalasiga qaratdik, – deydi Ekoharakatdan saylangan deputatlar guruhi vakili I.Xushvaqtov. – Shu bilan birga, qonun loyihasida inson va hayvonlar uchun umumiy bo'lgan kasalliklardan aholini himoya qilish, hayvonot dunyosiga taalluqli oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligini ta'minlash choralari ko'zda tutilmoqda. Bu ekologik barqarorlikni ta'minlashga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi muhokama etilgandan so'ng deputatlar uning asosiy qoidalarini ma'qulladilar va birinchi o'qishda qabul qildilar. Mas'ul qo'mitaga kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda hujjatni keyingi o'qishda ko'rib chiqish uchun tayyorlash topshirildi.


O'zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
Axborot xizmati


Manba: O'zA

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...