A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Urush va mehnat fronti faxriylari hamisha e’zozda

 

 

Yillar o'taveradi, davrlar almashaveradi, ammo ozodlik va insonparvarlik g'oyalari, qahramonlarni xotirlash va yonimizdagi insonlarni e'zozlashni o'zida mujassam etgan ma'naviy qadriyatlarimiz mangu yashayveradi. Xotira va qadrlash kuni mustaqil O'zbekiston xalqi hayotida alohida ahamiyatga ega muhim sanadir.

 

Tarixiy xotirasiz – kelajak yo'q. O'z tarixini bilmaydigan xalqning istiqboli ham bo'lmaydi. Shuning uchun faxriylarga hurmat-ehtirom ko'rsatish, ularni e'zozlash xalqimizga xos azaliy yuksak fazilatlardandir. Ikkinchi jahon urushi yillarida O'zbekistonda yashagan 6,5 millionga yaqin aholining 1,5 milliondan ziyodi frontga ketgan. O'sha dahshatli urushda 500 mingga yaqin yurtdoshimiz halok bo'lgan, minglab norg'ul yigitlar bedarak yo'qolgan. Ko'pchiligi esa mayib-majruh bo'lib qaytgan. Bu raqamlar xalqimizning fashizm ustidan qozonilgan G'alabaga qanday katta hissa qo'shganidan dalolat beradi.

Shu bois, istiqlol yillarida mamlakatimizda Ikkinchi jahon urushida o'z jonini qurbon qilgan yurtdoshlarimiz xotirasini abadiylashtirishga doir keng ko'lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Toshkent shahri va barcha viloyatlar markazlarida tashkil etilgan Xotira maydonlaridagi xotira kitoblarida urush yillarida halok bo'lgan va bedarak ketganlarning nomlari zarhal harflar bilan bitilgan. Bu ularning mardligi va jasorati e'tirofi bo'lib, biz, avlodlarni ushbu urush fojiasidan saboq chiqarishga da'vat etadi, ayni paytda mamlakatimizda inson xotirasi abadiy, qadr-qimmati muqaddas ekanini tasdiqlaydi.

Bugungi dorilomon kunlarda biz bilan birga umrguzaronlik qilayotgan faxriylarimiz doimiy davlatimiz e'tiborida bo'lib kelmoqda. Faxriylarga har tomonlama yuksak hurmat va g'amxo'rlik ko'rsatilib, ular moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlanmoqda.

Xususan, urush ishtirokchilari va front orti faxriylariga pensiya va nafaqalaridan tashqari boshqa ijtimoiy yordamlar ham ko'rsatilmoqda. Bu ularga bepul tibbiy yordam ko'rsatish, sanatoriy va kurortlarda davolanish, protez-ortopediya moslamalari, nogironlik aravachalari va boshqa zarur vositalar, jamoat transportida bepul yurishini ta'minlashda o'z ifodasini topmoqda.

Prezidentimizning 2014-yil 13-oktabrdagi "1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qo'llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni va 2015-yilning mamlakatimizda Keksalarni e'zozlash yili, deb e'lon qilingani urush va mehnat faxriylarini e'zozlash, ularni moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlash, urush yillarida ular ko'rsatgan jangovar hamda mehnat jasorati munosib baholanayotganining yana bir amaliy namoyonidir.

Davlatimiz rahbarining 2015-yil 18-fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan "Keksalarni e'zozlash yili" Davlat dasturi keksalarning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlash ko'lamini kengaytirish, yoshi ulug' insonlar, ayniqsa, 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga ijtimoiy, pensiya ta'minoti va tibbiy xizmat ko'rsatishni takomillashtirish, oila va jamiyatda, yoshlarni o'zbek xalqining ko'p asrlik qadriyat va an'analari ruhida tarbiyalashda keksalarning o'rnini mustahkamlashga qaratilgan.

Ta'kidlash joizki, mamlakatimizda Keksalarni e'zozlash yili deb e'lon qilingan va fashizm ustidan qozonilgan G'alabaning 70-yilligi bayram qilinadigan joriy yilda Xotira va qadrlash kuni alohida mazmun-mohiyat kasb etadi. Davlatimiz rahbarining 2015-yil 19-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasi fuqarolari – 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini "Ikkinchi jahon urushidagi G'alabaning 70-yilligi" esdalik yubiley medali bilan mukofotlash to'g'risida"gi farmoni bu borada muhim omil bo'lib xizmat qilayotir.

Bahorning bugungi iliq kunlarida mamlakatimizning barcha joylarida Xotira va qadrlash kunini keng nishonlashga katta tayyorgarlik ko'rilmoqda. Shu kuni barcha shahar va qishloqlarimizda faxriylar bayram bilan qizg'in muborakbod etiladi. Vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari, «Nuroniy», «Mahalla» jamg'armalari, boshqa tashkilot va muassasalar mahallalar, korxonalar, o'quv muassasalari, istirohat bog'lari va muzeylarda urush hamda mehnat faxriylari ishtirokida bayram tadbirlari o'tkazadi. Faxriylarimiz uchun tarixiy shaharlarga sayohatlar va yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etiladi.

– Bu yil 88 yoshga to'lgan bo'lsam-da, 14 yoshimdanoq G'alaba uchun mehnat qilishni boshlaganimni yaxshi eslayman, – deydi mehnat fronti faxriysi Yevgeniya Dmitrenko. – Urush yillarida harbiy samolyotlar uchun elektr chiroqlari ishlab chiqaradigan harbiy zavodda montajchi bo'lib ishladim. Urush millionlab odamlarni hayotdan bevaqt judo qildi, yana millionlab kishilar boshiga bitmas azob-uqubatlar soldi. Yaratganga shukrki, bugun mamlakatimiz – jonajon O'zbekistonimizda tinch va osuda hayot hukm surmoqda, ko'p millatli O'zbekiston xalqi ahil va inoq yashamoqda. Eng muhimi shu. Ayniqsa, mustaqil Vatanimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlarda ishtirok etayotganimizdan biz, faxriylar juda ham xursandmiz. Faxriylarni fashizm ustidan qozonilgan G'alabaning 70-yilligi esdalik yubiley medali va pul mukofotlari bilan taqdirlash to'g'risidagi davlatimiz rahbarining farmoni biz, yoshi ulug' insonlarga yuksak hurmat-ehtirom ko'rsatilayotgani, mehnatimiz munosib qadrlanayotganidan dalolatdir.

Ota-bobolarimiz an'analarini davom ettirib, milliy qadriyatlarimizni e'zozlab kelayotgan xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodimiz mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik va barqarorlikning qadrini yaxshi biladi, dunyoga dovruq taratgan buyuk ajdodlar avlodi ekani bilan faxrlanadi.


Manba: O'zA

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...