A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Ayollarga keng qulayliklar yaratilmoqda

 

Oliy ma'lumotli mutaxassis, bunyodkor va ijodkor bo'lgan bugungi O'zbekiston xotin-qizlari o'zining mehnatkashligi, iqtidori va salohiyati bilan ulkan natijalarga erishmoqda.

 

Ayni paytda ular oila va jamiyatimizda tinchlik, totuvlik, farovonlik va hamjihatlikni ta'minlashdek mas'uliyatli vazifalarni o'zining nozik yelkasida ko'tarib kelmoqda.

Mamlakatimizda xotin-qizlarning o'z ijodiy va ma'naviy salohiyatini yuksaltirish, iste'dod va intilishlarini yuzaga chiqarish uchun barcha sharoit yaratib berilmoqda. Davlatimiz xotin-qizlarning nafaqat zamonaviy bilim olishi, kasb egallashi va salomatligini mustahkamlashi, sog'lom farzandlarni dunyoga keltirishi, balki oila va ro'zg'or yumushlarini yengillatish borasida katta g'amxo'rlik ko'rsatmoqda.

O'zbekistonda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi amalga oshirilayotgani tufayli yurtimizda har bir oilaning og'irini yengil qiladigan yangi avlod maishiy texnika vositalari ishlab chiqarilayotir.Holbuki, yaqin-yaqinlargacha onalarimiz va buvilarimiz nafaqat chang, balki dog'larni tozalab, gilamni ham yuvadigan changyutgichlar, kirni o'zi yuvib, o'zi dazmollaydigan avtomat kir yuvish mashinalari, atigi bir necha daqiqada taomni isitib beradigan mikroto'lqinli pechlar haqida tasavvur ham qilmagan.

Ilgari faqat orzu qilish mumkin bo'lgan bunday maishiy texnika vositalari bugun har bir oilaning oddiy dastyoriga aylandi. Bu borada o'tkazilgan so'nggi tadqiqot natijalariga ko'ra, ayni paytda mamlakatimizda oilalarning 94 foizi muzlatgich, 84 foizi oshxona elektr jihozlari, 63 foizi kir yuvish mashinalari, yarmidan ko'pi komputer, changyutgich va mikroto'lqinli pechlar, uchdan bir qismi esa konditsionerlardan foydalanmoqda.

E'tiborli tomoni shundaki, ushbu texnikalarning aksariyati yurtimiz korxonalarida tayyorlanmoqda. Bugungi kunda "O'zeltexsanoat" aksiyadorlik kompaniyasi tizimida turli mulkchilik shaklidagi 36 korxona faoliyat ko'rsatmoqda. Ularning o'n yettitasi «Shivaki», «Samsung», «Artel», «Sino», «Midea», «TCL», «Panda» savdo belgisi ostida o'nlab turdagi televizor, muzlatgich, konditsioner, mikroto'lqinli pech, gaz va elektr plitalari, changyutgichlar, mobil telefonlar ishlab chiqarmoqda.

Masalan, poytaxtimizdagi «Eko Elektron» va «Martensit Investment» sho'ba korxonalarida texnik ko'rsatkichlari va rangi bilan ajralib turadigan «Artel» gaz plitalarining olti turi – «Comida», «Solana», «Fresco», «Gusto», «Appetito» va «Maestro» ishlab chiqarilmoqda. «Dream Production» qo'shma korxonasining ishlab chiqarish maydonlarida «Montana», «Gloriya», «Aurora» rusumidagi «Artel» konditsionerlari tayyorlanayotir. «White Machine Technology» O'zbekiston-Britaniya qo'shma korxonasi va «Sky Wind Systems» qo'shma korxonasida «Samsung» changyutgichlari hamda suyuq kristall ekranli «Artel» televizorlarini ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan.

– Maishiy texnika vositalariga talabning ortib borayotgani ishlab chiqarishni kengaytirishni taqozo etmoqda, – deydi «O'zeltexsanoat» aksiyadorlik kompaniyasi boshqarma boshlig'i Xurshid Yusupov. – Xususan, o'tgan yili mamlakatimiz korxonalari tomonidan «Artel» brendi ostida 70 mingta muzlatgich, 160 ming LED televizori, 100 mingdan ziyod avtomat va yarim avtomat kir yuvish mashinasi, 65,2 mingta konditsioner, 530 mingdan ortiq mobil telefon, 140 mingta changyutgich va 165 mingta turli oshxona maishiy texnikalari yetkazib berildi. Joriy yilda bu raqamni ko'paytirish rejalashtirilmoqda. Negaki, iste'molchilarimiz sifati va dizayni bo'yicha xorijnikidan qolishmaydigan, eng muhimi, narxi arzon O'zbekiston mahsulotlarini afzal ko'rmoqda.

Yurtimizda ishlab chiqarilayotgan maishiy texnika vositalari mamlakatimiz tashqarisida ham xaridorgir bo'lib bormoqda. Turli xil elektr maishiy texnika mahsulotlari qator MDH davlatlariga eksport qilinmoqda.

Buning samarasida mamlakatimiz korxonalari ishlab chiqarish hajmini kengaytirib, yangi turdagi yuqori texnologik mahsulotlar tayyorlashni yo'lga qo'ymoqda. Yaqinda «Zenith Electronics» qo'shma korxonasida yengil yorug'lik diodi asosida o'zini o'zi boshqaradigan ekranli «D-LED» televizion qabul qilish moslamasini tayyorlash o'zlashtirildi. «Martensit Investment» qo'shma korxonasida esa maishiy texnika, shuningdek, elektr pechlar uchun butlovchi buyumlar ishlab chiqarilmoqda.

«O'zeltexsanoat» aksiyadorlik kompaniyasidan ma'lum qilishlaricha, 2015-yilda mamlakatimiz korxonalarida yangi rusumdagi 24, 32,42 dyuymli TV LED televizorlarini ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Yiliga 107,1 mingta shunday televizor ishlab chiqariladi. «Oniks Tashkent» mas'uliyati cheklangan jamiyatida natriy-kalsiy shishasidan buyum va idishlar, maishiy yoritgichlar ishlab chiqarish rejalashtirilayotir. Joriy yilda «Sino Eko Plast» mas'uliyati cheklangan jamiyatida yaxna ichimliklar, havo harorati va namligini o'zgartiradigan dvigatel hamda moslamali ventelyator bilan jihozlangan havoni shamollatish qurilmalari ishlab chiqarish o'zlashtiriladi. «Thermo Water Electric» mas'uliyati cheklangan jamiyatida esa elektr suv isitgichlar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi.

Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan bunday maishiy texnika vositalarini maxsus do'konlar, bozorlar, yuqori texnologiyali texnika vositalarini sotish bo'yicha muntazam faoliyat ko'rsatadigan yarmarkalardan xarid qilsa bo'ladi.

Shunisi e'tiborliki, maishiy texnika vositalarini onlayn rejimda sotish ham yo'lga qo'yilgan. Masalan, www.artelmarket.uz saytida keng turdagi maishiy texnika vositalari taqdim etilgan. Uydan chiqmasdan turib, ushbu sayt orqali buyurtma berish va tovar yetkazib berilgach, uning haqini to'lash mumkin.

Muxtasar aytganda, mamlakatimizda ayollarimiz uchun oila va ro'zg'or yumushlarini tez va oson bajarish, o'zi hamda yaqinlariga ko'proq vaqt ajratishga yordam beradigan maishiy texnika vositalari ishlab chiqarilmoqda. Bu esa ayollarimizning hayotdan mamnun holda baxtiyor umr kechirishi uchun xizmat qiladi.


Manba: O'zA

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...