A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

“Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga

 

Hurmatli mehmonlar!

Muhtaram konferensiya ishtirokchilari!

“Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish” xalqaro konferensiyasida ishtirok etayotgan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga a’zo davlatlar delegatsiyalarini, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, donor mamlakatlar hukumatlari, ekologiya tashkilotlari, diplomatik korpus vakillarini, taniqli olim va ekspertlarni qutlash menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.

Mazkur forum Markaziy Osiyo mintaqasi uchun eng murakkab muammolardan biri – Orol dengizining ekologik halokati va ushbu ofat oqibatida yuzaga kelgan aholi genofondi va salomatligi, turmush sharoiti va darajasi, Orolbo‘yining o‘simlik va hayvonot olami bilan bog‘liq o‘tkir muammolarni ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan.

Yaqin-yaqin vaqtlargacha Orol dengizi Markaziy Osiyo iqtisodiyotini rivojlantirish, oziq-ovqat ishlab chiqarish, aholi bandligini ta’minlash va barqaror ijtimoiy infratuzilmani shakllantirishda muhim o‘rin tutar edi. Orolbo‘yi suv havzalarida yiliga 35 ming tonnagacha baliq ovlanar, Amudaryo va Sirdaryo deltalaridagi unumdor yerlar, yuqori samarali yaylov va suv havzalari millionlab odamlarning chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va qishloq xo‘jaligi sohalarida ish bilan bandligini ta’minlar edi.

Biroq mintaqadagi yirik daryolarda o‘ylamasdan ulkan gidrotexnik inshootlar qurilgani, transchegaraviy daryolar hisoblangan Amudaryo va Sirdaryoning tabiiy oqimi noto‘g‘ri boshqarilishi eng yangi tarixda Yer yuzidagi g‘oyat og‘ir ekologik halokatlardan birini yuzaga keltirdi. Bir paytlar dunyodagi eng noyob, go‘zal va yirik yopiq suv havzalaridan biri bo‘lgan Orol dengizi bir avlod ko‘z o‘ngida batamom yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida turibdi. Bu esa mintaqada misli ko‘rilmagan ofatga aylanib, Orolbo‘yida yashayotgan aholi hayotiga, bu yerdagi ekotizim va bioxilma-xillikka o‘nglab bo‘lmaydigan darajada zarar yetkazmoqda.

Amudaryo va Sirdaryoning Orolga umumiy quyilish hajmi keyingi ellik yil ichida qariyb 5 barobar, Orol dengizining suvi 14 barobardan ko‘proq kamaydi, uning sho‘rlanish darajasi esa deyarli 25-marta ortdi. Bu Orol dengizida ilgari bo‘lgan baliq va boshqa dengiz mavjudotlarining deyarli butkul yo‘qolishiga olib keldi.

Yaqin-yaqinlargacha o‘zining ulkan bioxilma-xilligi bilan mashhur bo‘lgan Orolbo‘yi mintaqasida o‘simliklar va yovvoyi hayvonlar turi keskin kamayib bormoqda, jumladan, sut emizuvchilarning 12, qushlarning 26 va o‘simliklarning 11 turi butkul yo‘q bo‘lish xavfi ostida turibdi. Orolning qurigan qismi o‘rnida hosil bo‘lgan 5,5 million gektardan ortiq maydondagi yangi Orolqum sahrosi tobora butun Orolbo‘yi mintaqasiga yoyilmoqda. Bu yerdan har yili atmosferaga qariyb 100 million tonna chang va zaharli tuzlar ko‘tarilib, qum bo‘ronlari va kuchli shamollar bilan mazkur hududdan ancha olis bo‘lgan mintaqalarga ham tarqalmoqda.

Ammo Orolbo‘yida ro‘y berayotgan fojia ko‘lamini, bu yerda yashayotgan millionlab odamlarning dardi va orzu-armonlarini quruq raqamlar bilan ifoda etib bo‘lmaydi. O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmanistonning Orol fojiasining kuchli ta’siri ostida qolgan mintaqalari aholisi har kuni suv resurslari yetishmasligi, ichimlik suvi sifatining pasayishi va tuproq tarkibining buzilishi, iqlim o‘zgarishi, aholi, birinchi navbatda, bolalarning turli kasalliklarga chalinishi ko‘payib borayotgani bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy va demografik muammolarni boshdan kechirmoqda.

Orol dengizining qurishi butun Markaziy Osiyoda keskin iqlim o‘zgarishiga olib keldi, suv resurslari taqchilligi, mavsumiy qurg‘oqchilikning kuchayishi, qahraton qishning uzoq davom etishi, Pomir va Tyan-Shan tog‘lari muzliklari erishining tezlashishi va mintaqa mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi ishlari bilan shug‘ullanish sharoitlarining yomonlashishiga sabab bo‘ldi.

Ming afsuski, bugungi kunda Orol dengizini to‘liq qayta tiklash imkoni yo‘qligi tobora ayon bo‘lib bormoqda.

Orol inqirozining atrof-muhit va bu yerda yashayotgan millionlab aholi hayotiga halokatli ta’sirini, xususan, puxta o‘ylangan, aniq manzilli va tegishli moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlangan loyihalarni amalga oshirish orqali kamaytirish bugungi kunning eng muhim vazifasidir.

Bizningcha, bu borada asosiy zaxiralar mavjud bo‘lgan quyidagi yo‘nalishlarda tegishli tadbirlarni amalga oshirish zarur:

birinchidan – bugungi kunda Orolbo‘yida yuzaga kelgan omonat ekologik muvozanatni mustahkamlash, cho‘llanishga qarshi kurashish, suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, ulardan tejab-tergab, oqilona foydalanish;

ikkinchidan – Orolbo‘yi aholisining genofondi va salomatligini saqlash va ta’minlash uchun sharoit yaratish, ijtimoiy infratuzilmani, tibbiyot va ta’lim muassasalari tarmog‘ini keng rivojlantirish;

uchinchidan – aholi hayot darajasi va sifatini oshirish uchun zarur ijtimoiy va iqtisodiy mexanizmlar va rag‘batlantiruvchi omillarni yaratish, asosiy infratuzilma va kommunikatsiyalarni rivojlantirish. Bu yerda yashayotgan aholida tushkunlik kayfiyatining yuzaga kelishiga yo‘l qo‘yishga bizning haqqimiz yo‘q va ularga munosib hayot kechirishi, o‘z biznesini rivojlantirishi, ularni yangi ish o‘rinlari va daromad manbalari bilan ta’minlash uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berish zarur, desam, o‘ylaymanki, bu fikrga barchangiz qo‘shilasiz;

to‘rtinchidan – hayvonot va o‘simlik olami bioxilma-xilligini, jumladan, kichik suv havzalari yaratish orqali saqlash va qayta tiklash, mintaqaning noyob flora va faunasini asrab-avaylash darkor.

Ayni ushbu muhim masalalar O‘zbekiston tomonidan BMTning yuksak minbaridan taklif etilgan va BMT Bosh Assambleyasi 68-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida tarqatilgan «Orol dengizi qurishining oqibatlarini bartaraf etish va Orolbo‘yida ekotizimlar halokatining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi»da qayd etilgan.

Bu jahon hamjamiyati Orol dengizi fojiasiga global ekologik ofat sifatida qarayotgani va millionlab odamlar yashayotgan ushbu mintaqaning ekologik va ijtimoiy xavfsizligiga tahdidlarni bartaraf etish masalasiga zudlik bilan e’tibor qaratish g‘oyat dolzarb ekanini e’tirof etayotganidan dalolat beradi.

BMT va rivojlanish bo‘yicha boshqa hamkorlarimiz 1993-yil BMT va Markaziy Osiyoning besh davlati tomonidan tashkil etilgan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlayotgani ham buni tasdiqlaydi. O‘tgan davrda mazkur jamg‘arma xalqaro donorlar hamjamiyati yordamida Orol dengizi havzasidagi mamlakatlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha umumiy qiymati 2 milliard dollardan ziyod bo‘lgan ikkita dasturni amalga oshirdi.

Shu munosabat bilan mintaqa davlatlari va Orolbo‘yi aholisi oldida turgan keskin muammolarni hal etishda yordam ko‘rsatayotgan institutlar va hamkor mamlakatlarga minnatdorlik bildirishga ruxsat bergaysiz. Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, BMT agentliklari, Islom taraqqiyot banki, YuSAID, Yevropa ittifoqi, shuningdek, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Germaniya, Fransiya, Shveytsariya, Kuvayt va boshqalar bizning ana shunday faol hamkorlarimiz hisoblanadi.

Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi 2013-yildan buyon BMT, Yevropa ittifoqi, yetakchi xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari ko‘magida Orol dengizi havzasidagi mamlakatlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha uch yuzdan ziyod loyihadan iborat uchinchi dasturni amalga oshirmoqda. Bu loyihalarni hayotga tatbiq etish uchun 8,5 milliard dollardan ziyod mablag‘ni jalb qilish zarur.

Ayni paytda biz shuni ochiq tan olishimiz kerakki, bu borada amalga oshirilayotgan loyiha va dasturlarga qaramasdan, hali yana ko‘plab ishlarni bajarish talab etiladi. Mintaqa mamlakatlari Orol dengizi halokatining atrof-muhit va bu yerda yashayotgan aholi hayoti va faoliyatiga yetkazayotgan ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar oqibatlarini bartaraf etish uchun yetarlicha mablag‘ va moddiy-texnik imkoniyatlarga ega emas. Shu bois Birlashgan Millatlar Tashkiloti, boshqa xalqaro tashkilotlar va rivojlanish bo‘yicha hamkor davlatlarning samarali amaliy yordamisiz dunyo miqyosidagi ushbu muammoni hal etib bo‘lmaydi.

Orol dengizi fojiasining keng ko‘lam kasb etgan og‘ir oqibatlari Orolbo‘yi aholisi, ushbu hududning iqtisodiyoti, ijtimoiy soha va atrof-muhitiga tahdid solayotgan ko‘plab xavf-xatarlarni samarali bartaraf etishga qaratilgan yangi, keng qamrovli yordam dasturini ishlab chiqishni talab etadi.

Orolbo‘yi mintaqasiga yordam ko‘rsatish bo‘yicha bunday kompleks dasturni ishlab chiqish va amalga oshirishda, avvalo, xalqaro tashkilotlar – BMT, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki kabi moliya institutlari va nufuzli xalqaro ekologiya tashkilotlari hal qiluvchi o‘rin tutishi kerak. Bu mazkur dasturni hayotga tatbiq etishga nafaqat xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari resurslari, balki bizga do‘st va hamkor mamlakatlar imkoniyatlarini ham jalb etishga ko‘mak beradi.

Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga a’zo bo‘lgan deyarli barcha mamlakatlar Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari kabi suvni tejash, Orolbo‘yini qayta tiklash va rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturlarni amalga oshirmoqda. Suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish prinsiplari, suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalar keng joriy qilinmoqda, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini diversifikatsiya qilishga doir va boshqa ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Orolbo‘yida aholi hayot darajasi va sifatini yaxshilash, turar-joy, ijtimoiy va transport-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq joylarda zamonaviy uy-joylar, umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlari, vrachlik punktlari barpo etish, avtomobil yo‘llari qurish va rekonstruksiya qilishga alohida e’tibor berilmoqda. Yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga oid dasturlar amalga oshirilmoqda.

Ishonchim komilki, Orolbo‘yi va uning aholisi taqdiridan tashvishga tushayotgan davlatlar, BMT tuzilmalari, xalqaro moliya va ekologiya tashkilotlarining aniq maqsadli, ko‘p qirrali va tizimli o‘zaro hamkorligi Orolbo‘yi mintaqasining eng keskin muammolarini hal etishga qaratilgan amaliy dastur va loyihalarni ishlab chiqish hamda hayotga tatbiq etish imkonini beradi.

Hurmatli xalqaro konferensiya ishtirokchilari!

Orol dengizi qurishining halokatli oqibatlarini chuqur tushunib, Orolbo‘yi ekotizimini qutqarish ishiga qo‘shayotgan salmoqli hissangiz uchun sizlarning barchangizga samimiy minnatdorlik izhor etishga ijozat bergaysiz.

Konferensiya ishi samarali bo‘lishini, uning barcha ishtirokchilariga esa sihat-salomatlik, olijanob faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

 

Chuqur hurmat bilan,

Islom Karimov,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti,
Orolni qutqarish xalqaro
jamg‘armasi raisi


Manba: O`zA

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...