A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Orol muammosini bartaraf etish – bugunning dolzarb vazifasi

 

Urganch shahrida 28-29-oktabr kunlari “Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. O‘zA muxbirlari anjuman ishtirokchilarining ayrimlari bilan suhbatda bo‘ldi.

 

Neno Kukurich, Yer osti suvlari resurslarini baholash bo‘yicha xalqaro markaz (IGRAC) direktori (Niderlandiya):

– Orol muammosi nafaqat muayyan mamlakat yoki mintaqa, balki jahon hamjamiyati oldida turgan dolzarb masaladir. Urganchda o‘tadigan konferensiya mintaqadagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, ekologik holatni yaxshilashga qaratilgan samarali dastur hamda loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Suv tanqisligini oldini olishning eng maqbul yo‘li undan samarali foydalanishdir. O‘zbekistonda suv resurslaridan tejamli, maqsadli va oqilona foydalanish choralari ko‘rilayotgani e’tiborga molik. Bu borada mamlakatingizning tegishli vazirlik va idoralari bilan hamkorlikda qo‘shma loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish ustida ish olib bormoqdamiz.

 

Ismoil Mahbub, Malayziya eksport-import banki direktori:

– Xalqaro anjuman arafasida ko‘p yillik niyatim ushalganidan – O‘zbekistondek maftunkor diyorga kelganimdan juda baxtiyorman. Toshkent va Samarqanddek qadimiy va ayni paytda zamonaviy shaharlaringizdagi noyob me’moriy obidalar, tarixiy yodgorliklarni ko‘rish, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish imkoniga ega bo‘lganimdan xursandman. O‘zbekiston sayyohlik borasida ulkan salohiyatga ega ekaniga amin bo‘ldim. Ko‘plab malayziyaliklar bejiz bu yurtga kelishga katta qiziqish bildirmas ekan. Zero, bu fusunkor va jannatmonand diyorning har qarich yeri muqaddas, har go‘shasi fayzlidir.

Toshkentdagi bir necha banklar faoliyati bilan tanishdim. Shunga ishonch hosil qildimki, O‘zbekistonda g‘oyat barqaror va ishonchli bank tizimi shakllangan. Banklarning puxta mexanizm asosida ish yuritishi menda katta taassurot qoldirdi.

Urganchda o‘tadigan xalqaro anjuman Orolbo‘yi mintaqasi muammosiga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etishiga ishonamiz.

 

Xuan Alberti, “Oproler” kompaniyasi direktori (Ispaniya):

– Kompaniyamiz suvni tozalash va energika tarmog‘ida ilg‘or texnika va texnologiyalar ishlab chiqaradi. Mahsulot va xizmatlarimizni o‘zbekistonlik mutaxassislarga taklif etish, bu borada yaqin va faol hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdan mamnunmiz.

Orol inqirozining atrof-muhitga, odamlar hayotiga salbiy ta’sirini kamaytirish bugungi kundagi muhim vazifa hisoblanadi. O‘ylaymanki, xalqaro konferensiyada jahon hamjamiyati hamkorligida bu borada samarali loyihalar ishlab chiqiladi.

Konferensiyada suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha O‘zbekiston va boshqa mamlakatlar tajribasini o‘rganish, fikr almashish, axborot olish hamda bu borada qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan muzokaralar olib borishni rejalashtiryapmiz.


Manba: O`zA

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...