A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida

 

Davlat byudjetining ijrosi ko‘rib chiqildi

20-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan taklif etilgan kun tartibi tasdiqlanganidan keyin deputatlar Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2013-yildagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotini ko‘rib chiqdilar. Ushbu masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – moliya vaziri R.Azimov ma’ruza qildi.

Mamlakatimizning asosiy moliyaviy hujjati ijrosi ustidan parlament nazorati Qonunchilik palatasining ustuvor vazifalari jumlasiga kiradi, shu sababli u deputatlar korpusining diqqat markazida turadi.

Qonunchilik palatasining majlisida ta’kidlandiki, mamlakatimizning asosiy moliyaviy hujjati 2013-yilda ilgari Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangan parametrlarga muvofiq, daromadlar xarajatlardan oshirilgan holda ijro etildi. Iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvorliklari aniq maqsadni ko‘zlab va tizimli amalga oshirilishi natijasida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotganiga qaramay, o‘tgan yilda O‘zbekiston iqtisodiyotining yuqori sur’atlarda o‘sishi, makroiqtisodiy muvozanatlilikni saqlash, modernizatsiya va diversifikatsiya qilish ta’minlandi. Mamlakatimizning yalpi ichki mahsuloti 8 foizga, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 8,8 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsuloti 6,8 foizga, chakana tovar aylanishi 14,8 foizga o‘sdi.

2011-2015-yillarda sanoatning ustuvor sohalarini rivojlantirish dasturi va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir tarmoq dasturlarining izchil amalga oshirilishi natijasida sanoat tarkibida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan raqobatdosh mahsulotlar tayyorlanayotgan qayta ishlash tarmoqlarining o‘rni tobora ortib bormoqda. Bugungi kunda ushbu tarmoqlar mamlakatimiz sanoat mahsulotining 78 foizdan ortig‘ini ishlab chiqarmoqda.

Ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy dasturlarning amalga oshirilishi natijasida 2013-yilda qariyb 970 ming kishi ish bilan ta’minlandi. Bundan 60 foizdan ortig‘i qishloq joylarida ishga joylashtirildi. Shu jumladan, kichik korxonalar, mikrofirmalar va yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 480 mingdan ortiq, kasanachilikni kengaytirish hisobidan esa 210 mingdan ziyod ish o‘rni tashkil etildi.

O‘tgan yili hukumat ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, mamlakatimiz aholisining daromadlari va turmush darajasini muttasil oshirib borish masalalariga katta e’tibor qaratdi. 2013-yilda xalqimizning real daromadlari 16 foizga oshdi, byudjet tashkilotlari xodimlarining o‘rtacha oylik ish haqi, pensiya, ijtimoiy nafaqa va stipendiyalar 20,8 foizga ko‘paydi. 2013-yilda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 58,7 foizini tashkil etdi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, fan, madaniyat, sport, ommaviy axborot vositalarini saqlab turish va rivojlantirish uchun talay mablag‘lar yo‘naltirildi.

Daromadlar va jamg‘armalarning o‘sishi aholining xarid qilish imkoniyatlari oshib borishini ta’minladi. 2000-2013-yillarda aholining iste’mol xarajatlari 9,5 baravar oshdi. Eng muhim iste’mol mahsulotlari turlari sifat jihatidan o‘zgardi. Bunda keyingi yillarda jon boshiga to‘g‘ri keladigan eng muhim oziq-ovqat tovarlari bo‘yicha iste’mol hajmi muttasil o‘sib bordi, ayni vaqtda nooziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish va xizmatlar uchun to‘lanadigan sarf-xarajatlar miqdori sezilarli ravishda ko‘paymoqda. Masalan, mamlakatimizning mustaqillik yillarida go‘sht iste’moli – 1,4 baravarga, sut – 1,3 baravarga, sabzavot va poliz mahsulotlari – 2,6 baravarga, kartoshka – 2 baravarga, mevalar iste’moli – 6,4 baravarga oshdi.

Yurtimizda uzoq muddat foydalanishga mo‘ljallangan nooziq-ovqat tovarlar bilan ta’minlash borasidagi ahvol ham tubdan o‘zgardi. Oilalarning zamonaviy maishiy-texnika, shu jumladan, xolodilnik, konditsioner, shaxsiy komputer, televizor, mobil telefonlar bilan ta’minlanganlik darajasi oshdi. Ayniqsa, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar bilan aholining ta’minlanishi e’tiborlidir. Agar 2000-yilda har 100 ta oilaga o‘rtacha 20 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bugungi kunda bu raqam 41,4 taga yetdi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2013-yildagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni har tomonlama muhokama qilish jarayonida barcha siyosiy partiyalar fraksiyalarining hamda O‘zbekiston Ekologik harakatidan saylangan deputatlar guruhining vakillari so‘zga chiqdilar.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi deputatlari ta’kidladilarki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli tobora oshib borayotganligi mamlakatimiz iqtisodiyoti tarkibiy tuzilishidagi ijobiy o‘zgarishlardan dalolatdir. Faqat o‘tgan yilning o‘zida 26 mingdan ziyod kichik biznes subyektlari o‘z ishini ochdi, ushbu sektordagi ishlab turgan korxonalarning umumiy soni yil oxiriga kelib 190 mingtani tashkil etdi. Mazkur sohada 2000-yildagi 31 foiz o‘rniga YaIMning 55,8 foizga yaqini ishlab chiqarilmoqda. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsuloti butun hajmining 23 foizi, bozor xizmatlarining deyarli butun hajmi, mahsulot eksportining 18 foizi, iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lganlarning 75 foizi kichik biznes ulushiga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘z mahsulotining eksportga yetkazib berilishini kengaytirish borasida kichik biznes korxonalariga doimiy e’tibor qaratilayotganligi ham partiya elektoratining manfaatlariga javob beradi. Faqat «O‘ztadbirkoreksport» ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi tomonidan kichik biznes korxonalarining 208,6 million AQSh dollarlik mahsuloti eksport qilinishi tashkil etildi. Bularning barchasi eksportning jadal rivojlantirilishini va eksport tarkibi diversifikatsiya qilinishini ta’minlash, mahsulotni realizatsiya qilish uchun yangi tashqi bozorlarni faol o‘zlashtirish imkonini beradi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi nomidan so‘zga chiqqanlar ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, mamlakatimiz aholisining daromadlari va turmush darajasini muttasil oshirib borish masalalari o‘tgan yili hukumatning diqqat markazida bo‘lganligini ta’kidlab o‘tdilar. 2013-yilda fuqarolarning ish haqi, pensiyalari, ijtimoiy nafaqalari va stipendiyalari oshdi. Shu bilan birga, O‘zXDP vakillari qayd etib o‘tdilarki, hisobot davrida ayrim byudjet tashkilotlarida mablag‘larni maqsadsiz sarflashga, ulardan qonunga xilof ravishda foydalanish bilan bog‘liq buzilishlarga yo‘l qo‘yilgan. Ayrim tarmoqlarda to‘lov intizomiga rioya etilmayapti, natijada debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari o‘sib bormoqda. Shu munosabat bilan deputatlar byudjet mablag‘lari samarali va maqsadli sarflanishini ta’minlash, byudjet tashkilotlarida moliya intizomiga rioya etilishini, shuningdek, Byudjet kodeksi talablarining bajarilishi ustidan nazorat yanada kuchaytirilishini ta’minlash uchun tegishli vazirliklar va idoralarning, hokimliklarning mas’uliyatini oshirish yuzasidan amaliy takliflar kiritdilar.

O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi a’zolari taqdim etilgan materiallar tahlili Davlat byudjetining daromad qismi barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha bajarilganligini tasdiqlashini ta’kidlab o‘tdilar. Jumladan, hisobot yilida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha daromadlarda tushumlarning 74,1 foizi bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarga to‘g‘ri keladi, bu mamlakatimiz iste’mol bozori aniq maqsadni ko‘zlab himoya qilinayotganidan, u sifatli va xaridorgir tovarlar bilan to‘ldirilayotganidan dalolat beradi. Hukumatning bu yo‘nalishdagi faoliyati partiyaning ustuvor vazifalariga to‘la mos keladi.

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi vakillari, shuningdek, e’tiborni joylarda xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etish va yaratilgan afzalliklardan samarali foydalanish, mavjud imkoniyatlar va rezervlardan mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan to‘la foydalanish asosida mahalliy byudjetlarning daromad qismi mustahkamlanishini, byudjetlararo munosabatlar yanada takomillashtirilishini ta’minlash zarurligiga qaratdilar. Notiqlar iqtisodiy muhitni bozor talablari darajasida tashkil etishga, hududlarning ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan oqilona foydalanishga, qishloqlarda mahalliy xomashyoni, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida xizmatlar tizimini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish sohasida yuqori texnologiyali kichik sanoat bazasini rivojlantirishga alohida e’tibor berdilar.

O‘zbekiston «Adolat» sotsial demokratik partiyasi fraksiyasi a’zolarining fikricha, 2013-yilda iqtisodiy dasturlarni tizimli ijro etish yakunlari bo‘yicha makroiqtisodiy muvozanat saqlandi, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish ishlari ta’minlandi. Ular alohida ta’kidladilarki, hisobot davrida Vazirlar Mahkamasi ilm-fanni rivojlantirishga katta e’tibor qaratdi, bu esa partiyaning dasturiy vazifalariga to‘la mosdir. Xususan, 2013-yilda ilm-fanni rivojlantirishga 164,7 milliard so‘m ajratildi, bundan 100,1 milliard ilmiy-texnika dasturlarini moliyalashtirishga, 17,3 milliard innovatsiya loyihalarini moliyalashtirishga, 37 milliard so‘m fanni rivojlantirishga xizmat qiladigan noyob obyektlar va muassasalarni muhofaza qilishga yo‘naltirildi. «Adolat» sotsial demokratik partiyasi vakillari iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish va mamlakatimizning ilmiy-texnika salohiyatini oshirish tarafdori ekanliklarini bildirdilar.

O‘zbekiston Ekologik harakatidan saylangan deputatlar guruhi a’zolari ta’kidladilarki, mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish va aholi sog‘lig‘ini saqlash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Mustaqillikka erishilgan paytdan e’tiboran mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qabul qilinayotgan qarorlar samaradorligini oshirib borgan holda aniq maqsadli ishlar olib borilmoqda. O‘zbekiston atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi asosiy xalqaro konvensiyalar, shartnomalar va bitimlarga qo‘shilgan.

Ekologik muammolarni bartaraf etish va oldini olish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish maqsadida atrof-muhit va tabiiy resurslardan foydalanish holatini kompleks baholash amalga oshirilmoqda. 2013-yilda ushbu sohaga Davlat byudjetidan 122,8 milliard so‘m ajratildi, bu 2012-yildagi ko‘rsatkichdan 1,47 baravar ko‘pdir. Qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilashga Davlat byudjetidan 177 milliard so‘m yo‘naltirildi, bu 2012-yil ko‘rsatkichidan 1,61 baravar yuqoridir. Aholi punktlarini obodonlashtirish xarajatlari 526,9 milliard so‘mni tashkil etdi, bu oldingi yildagidan 1,88 baravar ko‘pdir.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi muhokama jarayonida bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2013-yildagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqladi va tegishli qaror qabul qildi.

* * *

Kunning ikkinchi yarmida deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2014-yil 1-choragidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqdilar. Ushbu masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o‘rinbosari M.Mirzayev ma’ruza qildi.

Ta’kidlandiki, Davlat byudjeti 2014-yilning 1-choragida ham mamlakatimizning Byudjet kodeksi asosida avval O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlangan parametrlarga muvofiq, profitsit bilan ijro etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan eng muhim ustuvorliklar va vazifalarning amalga oshirilishi 2014-yilning birinchi choragida ham mamlakat iqtisodiyoti o‘sishining ijobiy dinamikasi saqlanishini ta’minladi. Joriy yilning uch oyida yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 7,5 foizni tashkil etdi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari – 8,9 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish – 6,2 foizga, chakana savdo aylanmasi – 14,3 foizga o‘sdi.

Ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturini amalga oshirish doirasida joriy yilning birinchi choragida 227,9 mingta ish o‘rni, shu jumladan, qishloq joylarida 137 mingtadan ziyod ish o‘rni yaratildi. «Sog‘lom bola yili» Davlat dasturida belgilangan jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk, barkamol avlodni tarbiyalashga doir chora-tadbirlarni faollik bilan amalga oshirish boshlandi. Ana shu maqsadlar uchun joriy yilning birinchi choragida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan bir trillion so‘mga yaqin mablag‘ yo‘naltirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2014-yil 1-choragidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni har tomonlama muhokama qilish jarayonida barcha siyosiy partiyalar fraksiyalarining hamda O‘zbekiston Ekologik harakatidan saylangan deputatlar guruhining vakillari so‘zga chiqdilar. Ular mamlakatimizning joriy yilgi asosiy moliyaviy hujjati parametrlari barcha davlat va xo‘jalik organlari tomonidan aniq ijro etilishi zarurligini alohida qayd etdilar.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2014-yil 1-chorakdagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqladi va tegishli qaror qabul qildi.

 

Manba: O’zA

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...