A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Oilaviy tadbirkorlik rivojlanmoqda

 

 

Prezidentimiz rahnamoligida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor, yaratilayotgan imkoniyat va qulayliklar samarasida soha vakillari safi tobora kengayib bormoqda. Farg‘ona viloyatida ham tadbirkorlikning bu yo‘nalishida katta yutuqlarga erishayotgan oilalar ko‘p.

 

Mahallani aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirish yuzasidan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Fuqarolar yig‘inlari qoshida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi maslahat markazlari tashkil etilgan. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatilayotir.

Farg‘ona tumanidagi “Xo‘roba” mahalla fuqarolar yig‘ini keyingi yillarda yanada chiroy ochib, zamonaviy qiyofa kasb etmoqda. Bunda oilaviy tadbirkorlik subyektlarining ham munosib hissasi bor.

Mahallada Odinaxon Mahkamova rahbarlik qilayotgan oilaviy korxona asosan kostyum-shim tikish bilan shug‘ullansa, Mansurjon Otajonov qandolatchilik yo‘nalishini yo‘lga qo‘ygan. To‘ychiboy Matkarimov non va non mahsulotlari, Hasanboy Hasanov asal yetishtirish, Ilhomjon Yo‘lchiyev tunukasozlik, Arofatxon Qo‘chqorova, Tohirjon Mamataliyev kabilar chorvachilikda salmoqli natijalarga erishmoqda. Eng muhimi, yangi tashkil etilgan bunday korxonalarda o‘ttizga yaqin ish o‘rni yaratildi.

– Mamlakatimizda oilaviy tadbirkorlikning mustahkam huquqiy bazasi yaratilib, ularga soliq, mehnat muhofazasi va imtiyozli bank kreditlari ajratish bilan bog‘liq ko‘plab imkoniyatlar berilayotgani bunday tadbirkorlik subyektlarining rivojlanishida muhim omil bo‘lmoqda, – deydi “Xo‘roba” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Sulaymon Mirzakarimov. – Mahallamizda hokimliklar, soliq, bank, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar mas’ul xodimlari tadbirkor va ishbilarmonlar bilan tez-tez amaliy muloqot, seminarlar o‘tkazib turganligi ham fuqarolarimizda bu sohaga qiziqishni oshirmoqda.

Mustaqillik mahallasida tashkil etilgan “Shuhrat” oilaviy korxonasi non va non mahsulotlari ishlab chiqarish, umumiy ovqatlanish tarmoqlari faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Bankdan olingan 150 million so‘m kredit evaziga xorijdan keltirilgan zamonaviy uskunalar turli pishiriqlar ishlab chiqarish imkonini bermoqda.

– Oilaviy tadbirkorlikning rivojlanishi, ayniqsa, chekka hududlarda yangi ish o‘rinlari yaratish asnosida aholi farovonligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi raisi Bahodir Sultonov. – O‘tgan yili 589 yakka tartibdagi tadbirkorlik subyekti, 87 yuridik korxona ro‘yxatga olinib, 4 ming 56 yangi ish o‘rni yaratildi. Ularga asosan yoshlar va farzand tarbiyasi bilan band bo‘lgan ayollar jalb etildi. Joriy yilda ham bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Muxtasar aytganda, hududlarda ishbilarmonlar safining kengayib borayotgani mahallalar obodligi, aholi farovonligini yuksaltirishda muhim omil bo‘layotir.


Manba: O`zA

 

 

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...