A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Bildirilgan ishonchni oqlaymiz

 

 

“O‘zbekiston – baxtiyor yoshlar mamlakati. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ko‘rsatilayotgan cheksiz mehr va e’tibor biz, yoshlarga yangidan-yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda”.

 

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti dastgohli va kitob grafikasi yo‘nalishi magistranti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiati Charos Payziyevaning ushbu so‘zlari mamlakatimizda yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanayotgan yoshlarning fikrini ifodalaydi, desak bo‘ladi.

Mamlakatimizda ta’lim tizimining mustahkam huquqiy asosi yaratildi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa qator hujjatlarning hayotga tatbiq etilishi yosh avlodga zamonaviy ta’lim-tarbiya berish, ularning intellektual salohiyati va iqtidorini yuzaga chiqarishda dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 6-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ham yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan yigit-qizlarni voyaga yetkazish, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda ularning faol ishtirokini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Yurtimizda o‘z bilimi, iqtidori bilan jamiyatda munosib o‘rnini topayotgan, tengdoshlariga ibrat bo‘layotgan iste’dodli yoshlar juda ko‘p. Ayni paytda yuzlab iste’dodli qizlar turli ijodiy tanlovlar, loyihalar, grant dasturlarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritmoqda. Ular tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar nafaqat mamlakatimiz, balki xorijiy davlatlarda ham e’tirof etilmoqda.

Charos Payziyeva tasviriy san’atning miniatyura yo‘nalishida ijod qiladi. O‘qishda qator yutuqlarga erishayotgan bu qiz rassomlik yo‘nalishi bo‘yicha mamlakatimiz hamda xalqaro miqyosda o‘tkazilayotgan turli ko‘rik-tanlovlar, ko‘rgazmalar va madaniy-ma’rifiy tadbirlarning faol ishtirokchisi.

Yosh musavvirning “Ona va bola – gul bilan lola”, “Orolni asrang”, “Temuriylar sulolasi”, “Beshikdagi go‘dak”, “Istiqlol g‘unchalari”, “Elkanlar ostidagi bolalik”, “Haykalcha” kabi asarlari Germaniya, Italiya, Misr, Turkiya, Chexiya, Hindiston, Qozog‘iston, Yaponiya kabi davlatlarda o‘tkazilgan ko‘rgazma-tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni egallagani uning yorqin iste’dodidan dalolatdir.

– Joriy o‘quv yilida madaniyat, sanat va sport mutaxassisligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi sohibi bo‘lganim menga katta kuch-g‘ayrat bag‘ishladi, – deydi Ch.Payziyeva. – Biz, yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanib, kelgusida tasviriy san’at sohasida yanada ulkan yutuqlarga erishishga va bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilaman.


Manba: O`zA

 

 

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...